Qo’noq

Qo’noq — qo’ng’irboshlar oilasiga mansub bir yillik o’simliklar turkumi; g’alla va yem-xashak ekini. Vatani — Xitoy va Mongoliya. Rossiyaning Volgabo’yi rayonlarida, Ukraina, Qozog’istonda keng tarqalgan. O’zbekistonda Qo’noq qadimdan ekib kelingan. Hozirgi davrda qisman oziq-ovqat sifatida ishlatiladigan doni hamda ko’k poyasi uchun ekiladi. Ildizi popuk ildiz. Poyasi tuk bilan qoplangan, bo’yi 70-150 (ang’izga ekilgan o’simlikning bo’yi 160-190) santimetr, barglari 8-9 ta. To’pguli zich ro’vak, kiga nisbatan mayda. 1000 dona uruti vazni 1,5-2,5 gramm. Urug’i 10-12° da unib chiqadi. Maysasi qisqa muddatli —1—2° sovuqqa chidaydi. O’suv davri 75-100 kun, qurg’oqchilikka chidamli, ammo ro’vak tortguncha 2 — 3 marta sug’oriladi. Yer osti suvlari 1 — 1,5 metr chuqurlikda joylashgan tuproqlarda ham yaxshi hosil beradi. Qo’noq donida 10,5%, ko’k poyasida 14,5% protein bor. Doni yorma tarzida ovqatga ishlatiladi, xonadonlarda boqiladigan sayroqi qushlarga yem, spirt olishda foydalaniladi, ko’k poyasi va poxoli chorva uchun to’yimli yem-xashak. Doni hosildorligi 40-60 ts/ga, ko’k poya hosildorligi 300-350 ts/ga. Qo’noqni, asosan takroriy ekin sifatida ang’izga ekish yaxshi samara beradi. Dilorom Yormatova.