Qopchig’ay

Qopchig’ay — Qozog’iston Respublikasi Olmaota viloyatidagi shahar. Ili daryosi yaqinida, Qopchig’ay suv ombori sohilida joylashgan. Olmaotadan 80 kilometr shimolda. Shahar Qopchig’ay GES qurilishi munosabati bilan bunyod etilgan. Aholisi 31,4 ming kishi (2002). Baliqni qayta ishlash kombinati, kema ta’mirlash ustaxonalari bor.