Qo’qon shahar o’lkashunoslik muzeyi

Qo’qon shahar o’lkashunoslik muzeyi — Qo’qon shahridagi madaniy-ma’rifiy muassasa. 1925 yil Xudoyorxon o’rdasida Farg’ona okrug o’lkani o’rganish muzeyi nomi bilan tashkil etilgan; 1930-57 yillarda Qo’qon rayonlararo o’lkani o’rganish muzeyi. 1958 yildan hozirgi nomda. Muzeyda tabiat, tarix, qadimgi davr tarixi, yangi davr tarixi, san’at, ommaviy ishlar bo’limlari, kutubxona (7 ming dona kitob) bor; fondida 37 ming dona eksponat saqlanadi (2004). Muzey Ekspozitsiyasi Qo’qon shahri tarixi, Farg’ona vodiysi tabiati, hayvonot va o’simliklar dunyosi, madaniyatini atroflicha aks ettiradi. Muzeyning 4 bo’limi faoliyat ko’rsatmoqda: Qodirjon Haydarov uy-muzeyi, jome amaliy san’at muzeyi, Muqimiy uy-muzeyi, Hamza uy-muzeyi.q