«Qo’qon yog’-moy» aktsiyadorlik jamiyati
«Qo’qon yog’-moy» aktsiyadorlik jamiyati – oziq-ovqat sanoatining yirik korxonasi. «Yog’-moy-tamakisanoat» uyushmasi tarkibiga kiradi. Oqlangan paxta yog’i. Distillangan yog’kislotasi, kunjara, shulxa va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. O’zbekistonda paxta chigitidan moy oluvchi gidravlik Pressli birinchi zavod bo’lgan korxona 1884 yilda ishga tushirilgan. 1910 yildan Vad’yayevlar savdo uyi tarkibiga kirgan. 1917 yildagi oktyabr to’ntarishiga qadar yiliga 6,5—7,5 ming tonna yog’ ishlab chiqargan. 20-asrning 30-yillarida bir necha marta rekonstrukpiya qilinib, qayta qurildi. 1947 yildan sutkalik yog’ ishlab chiqarish quvvati 55-60 tonnaga yetkazildi. 1955 yilda yog’ ekstraktsiya zavodining ishga tushirilishi bilan 1956 yildan Qo’qon yog’- moy kombinatiga aylantirildi. Kombinatning sutkalik yog’ ishlab chiqarish quvvati esa 125-130 tonnaga yetdi. Kombinatda 1962 yilda soapstok yog’ kislotalarini distillash, 1965 yilda donador kunjara ishlab chiqarish, 1968 yilda miselladan gossypol ajratib olish, so’ng tozalash tsexlari ishga tushirilgan. 1975 yilda kombinat qoshida o’rik, shaftoli danagidan, uzum, soya, anor, tarvuz, qovun. chakanda urug’idan yog’ ishlab chiqaruvchi zavod qurildi va 80-yillar oxiriga qadar meva-sabzavot danaklari va urug’laridan olinadigan keng assortimentdagi yog’lar ishlab chiqardi. 1994 yildan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati va hozirgi nomda. 90-yillarning 2-yarmidan zamonaviy chet el texnologik liniyalari bilan jihozlandi, chet el investitsiyalari jalb qilindi. 2001 yilda korxona quvvati 850-950 t/sutka chigitni qayta ishlashga yetkazildi. Mahsulotlari ichki bozorda sotiladi, qo’shni davlatlarga eksport qilinadi.