Qor echkisi

Qor echkisi — quvushshoxlilar oilasiga mansub sut emizuvchi. Urug’ning yagona turi. Tanasining uzunligi 150-175 santimetr, yag’rinidan bo’yi 90-105 santimetr. Urg’ochi va erkagining shoxi bir xil uzunlikda (30 santimetrgacha). Yungi qalin, uzun va oq; Yung ostida mayin tivit yunglar ham bo’ladi. Amerika qit’asining shimol qismidagi qoyali tog’larda (AQShning shimoliy Shtatlarigacha) tarqalgan. Yakka yoki kichik guruh bo’lib yashaydi. O’tlar, butalar va daraxtlar novdasi bilan oziqlanadi. Yiliga 1 ta (ba’zan 2 ta ) bola tug’adi. Soni juda kamayib ketgan.