Qora ilonlar, viparalar

Qora ilonlar, viparalar — ilonlar oilasi. Tanasi nisbatan yo’g’on, uzunligi 2 metrgacha. Boshi uchburchak yoki Trapetsiyasimon. Ko’z qorachig’i vertikal joylashgan. Jag’larining oldingi qismida zahar o’tkazuvchi 1-2 tadan yirik naysimon tishi va 3-5 tadan mayda tishchalari bo’ladi. 11 urug’i, 60 turi Afrika va Yevrosiyoda tarqalgan. O’zbekiston faunasida 3 turi: cho’l qora iloni, qum charx iloni, ko’lborilon uchraydi. Yerda yashaydi, ayrim turlari daraxtga o’rmalab chiqa oladi. Mayda umurtqalilar bilan oziklanadi. Ko’pchiligi tuxumdan tirik tug’adi. Barcha Qora ilonlar zaharli, yirik Qora ilonlar (masalan, ko’lborilon)ning chaqishi odam hayoti uchun xavfli. Zaharidan tibbiyotda foydalaniladi. Soni kamayib bormoqda. Bir qancha turlari xalqaro qizil kitobga kiritilgan.