Qora cherik

Qora cherik — Buxoro amirligida muntazam qo’shin bilan baravar urush yoki tinchlik chog’ida xizmatda bo’lgan nomuntazam lashkar. Ehtiyoj bo’lmagan kezlarda Qora cherik uylariga tarqalib ketgan. Qora cherikni to’plash uchun hukmdor (Amir) farmoni chiqqan va u bozorlarda jarchilar tomonidan e’lon qilingan. Har bir qishloq, shahar, viloyatdan yig’iladigan Qora cherik miqdori ilgaridan aniq bo’lganligi bois, Amir buyrug’iga binoan nomuntazam lashkar yetkazib berishda muammolar tug’ilmagan. Muntazam qo’shin otlar bilan ta’minlangan bir paytda, Qora cherik, shaxsiy ulovi bilan harbiy harakatlarda ishtirok etishi majburiy hisoblangan. Qal’a, qo’rg’onlarni muhofaza qilishda muntazam xizmatdagi askarlar soni kamlik qilsa, Qora cherikdan foydalanilgan. Ba’zan yurishda qatnashayotgan qo’shinning deyarli yarmini Qora cherik tashkil etgan.