«Qora o’ra»
«Qora o’ra» — favitatsiya (tortishish) kuchi ta’sirida jismning o’z Markazi tomon juda katta tezlikda siqilib borishi (gravitatsion kollaps jarayoni) natijasida vujudga keladigan koinotdagi ob’yekt. Kuchli tashqi gravitatsion maydonga ega. A. Eynshteyn nazariyasi bo’yicha «Qora o’ra»ning yaqin atrofidagi jismlar doimo yopiq bo’lmagan egri chiziqli orbita bo’ylab, I.Nyuton mexanikasiga muvofiq, uzoqdagi jismlar esa konus kesimlarining biri bo’ylab harakat qiladi. «Qora o’ra», asosan, katta massali yulduzlar evolyutsiyasining eng oxirgi bosqichida vujudga keladi va uning mavjudligi bevosita kuzatilmaydi. Biroq «Qora o’ra»lar zich qo’shaloq yulduzlarning ko’rinmas komponentlari ham bo’lishi mumkin. U holda ikkinchi yulduzdan «Qora o’ra»ga relyativistik (yorug’lik teetigiga yaqin) tezlikda tinimsiz o’tayotgan gaz oqimi o’zidan roentgen nurlarini tarqatadi. Qo’shaloq yulduz hisoblangan oq qush X—I ob’yekti shunday «Qora o’ra»lardan biridir.