Qorabel

Qorabel — Paropamiz tog’lari etagidagi qir. Murg’ob va Amudaryo daryolari oralig’ida. Eng baland joyi 980 metr. Neogen va antropogen davrlarining Allyuvial-prolyuvial lyossimon qum-toshlaridan tashkil topgan. Yer yuzasi Janubdan shimolga qiya bo’lib, cho’l va chala cho’l, efemer hamda subtropik efemeroid dasht o’simliklari bilan qoplangan.