Qorabura

Qorabura — muste davri (miloddan avvalgi 150-40 ming yilliklar)ga oid makon. Tojikiston Respublikasining Qo’rg’ontepa shahridan 37 kilometr Janubi-g’arbda, Vaxsh daryosining chap sohilidan topib tekshirilgan. Qoraburaning 2,5 kilometrlik masofadagi hududida joylashgan 9 ta joydan 8 mingtaga yaqin tosh qurollar topilgan. Qorabura qurollarining aksariyati tufli shaklidagi nukleus (bir tomoni gardishsimon va doirasimon) lardan iborat. Ayniqsa, daryoning silliq qayroq toshlaridan yo’nib ishlangan dag’al tosh o’ygich, o’rgich va kovlagich kabi qurollar ko’p uchraydi. Ishlanish uslubiga ko’ra, Qorabura topilmalari Pokiston va shimoliy-G’arbiy Hindistondan topilgan tosh qurollarga o’xshab ketadi. Arxeologiya fanida bu shakldagi topilmalar «qayroqtosh madaniyati» nomi bilan atalgan.