Qorag’oz

Qorag’oz, oq peshona kichik g’oz — g’ozsimonlar turkumi o’rdaklar oilasiga mansub qush. Yevrosiyoning tundra mintaqasida tarqalgan. Bolqon yarim oroli, Zakavkaze, Yaponiya, Koreya yarim oroli va Xitoyning Janubiy-Sharqiy qirg’oqlarida, ba’zan G’arbiy Yevropa, kichik, G’arbiy Osiyo, Kaspiy dengizining Janubiy-sharqida qishlaydi. O’zbekistonda Amudaryo va Sirdaryo havzalari. Orolbo’yida uchib o’tish va qishlash davrida uchraydi. Vazni 1,6—2,5 kilogramm. Tumshug’i asosining atrofi oq. Qovog’ining cheti bir oq. Tundradagi ko’l atrofidagi joylarda yashaydi. Butalar orasiga, suvga yaqin qoyalarga uya quradi; 4-8 ta tuxum qo’yadi. O’tlar bilan oziqlanadi. Ovlash taqiqlangan. Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi qizil ro’yxatiga va O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan.