Qoratov makonlari

Qoratov makonlari – Aristandi va Burultoy (Janubiy Qozog’iston) daryolari oralig’idagi Ushbos-Ko’ktol vodiysida, Qoratov (Tyanshanning shimoliy- g’arbi) tizmasi yon bag’rida joylashgan quyi paleolit davriga oid makonlar majmui. Arxeolog X.A.Alpisboyev tekshirgan. Qoratov makonlari ichida eng muhimlari — Shell-ashel davrlariga oid Bo’riqazg’an, Tangirqazg’an yodgorliklari va ashel-muste davrlariga oid to’qali—1 va To’qali—5 yodgorliklari majmualaridir. Paleolit qatlamlari ayrim kichik do’ngliklar va tog’yon bag’ridagi tekis platoda joylashgan. Qoratov makonlaridan tosh qirg’ichlar, qirg’ichsimon asboblar va boshqalar topilgan.