Qoratumshuq
Qoratumshuq – Sharqiy Pomirning Janubiy-Sharqiy qismidagi Oqsuv daryosining o’ng sohilida joylashgan mezolit davriga oid makon (miloddan avvalgi 8— 5-ming yillik). Makonda yashagan qadimgi odamlar mayda toshlardan qurollar yasashgan. Qoratumshuqdan 200 dan oshiq buyumlar (chopqi parchalari, nuk.; eussimon kuraklar, nukleus-o’roq, randalar, qirgich va boshqalar) topiltan, shulardan 80 tasi mehnat qurollari ekanligi aniqlangan. Qoratumshuq topilmalari ichida, ayniqsa. Qirquvchi qurol-ponasimon tig’ajralib turadi. Qurollarning ancha qismini keskich buyumlar tashkil qiladi. Qurollar va toshlarga ishlov berish texnikasi o’ziga xos xarakterga ega. Tosh qurollar tayyorlash- ning asosiy texnik usullari paleolit davri qurollariga o’xshab ketadi.