Qo’rg’oshin-organik birikmalar

Qo’rg’oshin-organik birikmalar — molekulasida uglerod — qo’rg’oshin (S—R) bog’i bo’lgan birikmalar. Qo’rg’oshin-organik birikmalarning asosiy tiplari: K4R, K3RX, K2RX2, K2RX3, K2RO, KR va K3R — RK3 (K — organik radikal, X — kislota qoldig’i). Quyi alkil hosilali Qo’rg’oshin-organik birikmalar — suyuqliklar; aromatik hosilali va boshqa barcha tipdagi Qo’rg’oshin-organik birikmalar qattiq moddalardir. Qo’rg’oshin-organik birikmalar, asosan R tuzlarini magniy, litiy yoki simob organik birikmalarga ta’sir ettirib olinadi. Qo’rg’oshin-organik birikmalar qizdirilganda metall holdagi R va erkin radikallarga parchalanadi. Alifatik Qo’rg’oshin-organik birikmalar juda zaharli.