Qurbonov Akobir Sobirovich

Ma’nosi

Qurbonov Akobir Sobirovich (1975.29.7, Buxoro tumani) — sportchi, «O’zbekiston iftixori» (1999). Sobir Qurbonovning o’g’li. Sambo bo’yicha 74 va 82 kilogramm vazn toifalarida O’zbekiston (1995-2005), Osiyo (1995, Bishkek; 1997, Ulan-Bator; 1998, Toshkent; 1999, Singapur; 2004, Uralsk) va jahon (1995, Sofiya) chempioni, jahon kubogi g’olibi (1997, Kstova; 2003, Uralsk). Kurash bo’yicha 73 kilogramm vazn toifasida O’zbekiston (1999) va jahon (1999) chempioni. Qurbonov O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasini tugatgan (1996). 1996 yildan shu akademiyaning jismoniy tayyorgarlik kafedrasida katta o’qituvchi.

O‘xshash so‘zlar

Q harfi: barcha so‘zlar