Qurbonov Abdulla Abdurahmonovich

Qurbonov Abdulla Abdurahmonovich (1925.23.2 — Yangiyo’l tumani — 2004.28.7) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1943 yil sentabrdan frontda. 282-gvardiyachi o’qchi polki (dasht fronti 37-armiyaning 97-gvardiyachi o’qchi diviziyasi) mergani. 1943 yil 30 sentabrdan 17 oktabrgacha Kirovograd viloyatining Onufrievka tumanidagi Derievka qishlog’i uchun bo’lgan jangda ko’rsatgan jasorati uchun qahramon unvoni berilgan (1944.22.2). 1944 yilda armiya safidan bo’shatilgan. Urushdan so’ng Niyozboshida yashagan va turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Vafotidan so’ng o’zi ishlagan maktabga nomi berilgan.