Qo’rg’oshin qotishmalari

Qo’rg’oshin qotishmalari – qo’rg’oshin (R) asosidagi qotishmalar. Kam va ko’p legirlangan guruhlari bor. 1-guruhga korroziyaga chidamliligi va sirpanuvchanligini oshiradigan qo’shilmalar (temir G’e, mis Si, surma S, qalay 8I, kadmiy ss1 yoki kaltsiy sa) kam qo’shilgan Qo’rg’oshin qotishmalari kiradi; 2-guruhga qo’rg’oshinning mustahkamligi, qattiqligi va antifriktsion xossalarini oshiradigan hamda uning erish temperaturasini pasaytiradigan elementlar ko’p qo’shilgan Qo’rg’oshin qotishmalari kiradi. Ko’pgina Qo’rg’oshin qotishmalari (tarkibida litiy 1l, natriy N8, magniy M§, kaliy K yoki natriy № lar 0,1% dan ortiq bo’lgan Qo’rg’oshin qotishmalaridan tashqari) qo’rg’oshin singari, atmosferada, suvda, ba’zi anorganik kislotalar eritmalarida korroziyaga chidamliligi yuqori. Kam legirlangan Qo’rg’oshin qotishmalari tarkibida kremniy (81) tuzlari, karbonat va sulfat kislotalari bo’lgan tuproq ta’siriga juda turg’un bo’ladi. Kaltsiy (sa) va tellur (Te) bilan Legirlanganda qo’rg’oshin plastik deformatsiyaga chidamli bo’ladi. Boshqa elementlar bilan legirlangan R rekristallanish trasinining pastligi tufayli xona trasida prokatlash, cho’zish, presslash va boshqalar ishlov berish jarayonlarida chidamliligi kamayadi. Qo’shilmalar rning yoyiluvchanlik chegarasini, kislotaga chidamliligini birmuncha oshiradi. Tellur (0,03-0,06%), mis (0,04- 0,08%), surma (0,5—2,0%), qo’shilgan Qo’rg’oshin qotishmalari listlar, trubalar, yarimfabrikatlar, vannalarni pardozlash va boshqalar uchun, kaltsiy (0,03—0,07%), tellur (0,04-0,06%), surma (0,4-0,8%), qalay (1,0—2,0%) bilan legirlangan Qo’rg’oshin qotishmalari past voltli qobiqlar, kuch kabellari uchun; (0,5—1,%) rux (2p) yoki qalay (Zp) bilan legirlangan Qo’rg’oshin qotishmalari temir-uglerodli qotishmalarni korroziyadan saqlash va podshipnik vkladishlariga quyish uchug’g ishlatiladi. Bulardan tashqari, Qo’rg’oshin qotishmalari kavsharlashda, poligrafiya sanoatida, pitra va o’qlar tayyorlashda ishlatiladi.