Qo’sh urug’lanish

Qo’sh urug’lanish – gulli o’simliklarga xos jinsiy jarayon xili. 1898 yilda rus olimi S.G.Navashin kashf etgan. Qo’sh urug’lanishda urug’ning shakllanishida tuxum hujayra bilan bir qatorda Murtak xaltasining Markaziy yadrosi ham urug’lanadi. Qo’sh urug’lanish natijasida zigotadan urug’ murtagi, Markaziy hujayra bilan urug’langan Markaziy yadrodan oziq to’qima — ikkilamchi triploid Endosperm rivojlanadi. Qo’sh urug’lanishda bitta chang naychasi spermentlari ishtirok etadi; naycha suyuqligi sinergid ichidagi Murtak xaltasiga yoki tuxum hujayra bilan Markaziy hujayra oralig’idagi tirqishga quyiladi. Spervit sinergid orqali tuxum hujayraga boradi va Sinegid urug’lanishdan so’ng yemirilib ketadi. Qo’sh urug’lanish apomiktik turlardan tashqari barcha gulli o’simliklar uchun xos. Qo’sh urug’lanishning mohiyati — oziqlantiruvchi to’qima — endospermning juda tez shakllanishidir. Qo’sh urug’lanish urug’shakllanishi jarayonlarini tezlashtirib yuboradi.