Qo’shbegi
Qo’shbegi-qo’sh, harbiy lager, qarorgohning boshlig’i. XIX asrdan boshlab Xiva xonligi, Qo’qon xonligida xonning birinchi vaziri hisoblangan. Buxoro amirligida esa qo’shbegi mansabi oliy mansab hisoblangan. Mang’itlar sulolasi davrida qo’shbegiga barcha viloyatlarning hokimlari, beklari bo’ysungan hamda amirning poytaxtda bo’lmagan vaqtida xonlikning barcha ishlarini boshqargan. Qo’shbnegi mansabidan keyin Otaliq mansabi turgan.