Qo’shchi

Qo’shchi-o’zbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Qo’shchi qabilalari XIV-XV asrlarda davomida Dashti Qipchoqda yashab, ko’chmanchi chorvachilik bilan shug’ullanganlar. XVI asrda qo’shchilar boshqa ko’chmanchi o’zbek qabilalari va urug’lari bilan bir qatorda Movarounnahrga kelib joylashgan. XVI-XVII asrlar davomida qo’shchilar o’troqlashib, keyinchalik o’zbek xalqi tarkibiga singib ketgan.