Qo’rboshi

Qo’rboshi-o’rta asrlarda O’rta Osiyo va ayrim Sharq davlatlarida dastlab shaharni tunda qo’riqlovchi shaxs; keyinchalik zindon boshlig’i; qurol-yarog’ ombori mutasaddisi. XX asr boshlarida O’rta Osiyo hududlarida sho’rolar hukumati o’rnatilgandan so’ng ularga qarshi mahalliy aholi tomonidan milliy davlatchilikni tiklash yo’lida kurash olib borganlar; bolsheviklar tomonidan bosmachilar deb atalgan. Mana shu milliy ozodlik harakati rahbarlarining ko’pchiligi o’zlarini qo’rboshi deb atashgan.