Qo’rchi

Qo’rchi-1. O’rta asrlarda O’rta Osiyo va ayrim Sharq davlatlarida turkiy qabilalarning e’tiborli hamda ishonchli kishilaridan tuzilgan alohida saroy gvardiyasi; hukmdor yoki amaldorlarning shaxsiy qo’riqchisi. 2. Temuriylar davlatida ekinzorlarni qo’riqlovchi shaxslar. Ularning boshlig’i “qo’rboshi” deb atalgan. Qo’rchilarning qurol-yarog’larni saqlanadigan joy “qo’rxona” deyilgan.