Qo’shish

Qo’shish — arifmetik amallardan biri. a va b sonlarni Qo’shish natijasi a+b son bo’lib, u a va b qo’shiluvchilarning yig’indisi deyiladi. matematikada sonlarni qo’shishdan tashqari boshqa ob’yektlar, ko’phadlar, to’plamlar, vektorlar, Matritsalar ustida bajariladigan Qo’shish ham o’rganiladi.