Qosimbekov To’lagan

Qosimbekov To’lagan (1931.15.1, Qirg’iziston, Jalolobod viloyati Yangiyo’l tumani Aqjo’l qishlog’i) — Qirg’iziston xalq yozuvchisi (1986). «Yilqichi o’g’li» (1956), «tug’ilgan yer» (1958) kitoblari, «odam bo’lgim keladi» (1960) qissalari bilan tanilgan. «Singan qilich» (1966) romani mashhur. Asarda qirg’iz xalqining 19-asr o’rtalaridagi hayoti tasvirlangan. Qo’qon xonligi davriga oid tarixiy voqealar, O’rta Osiyoning ruslar tomonidan zabt etilishi, uning o’zbeklar va qirg’izlar taqdiriga ta’siri epik planda ko’rsatilgan. «Kel-kel» («tole'», 1986) romani — «singan qilich»ning mantiqiy davomi bo’lib, unda 19-asrning 2-yarmi va 20-asrning 1-choragidagi O’rta Osiyo xalqlari hayoti To’qtag’ul, Qurbonjon dodxoh kabi tarixiy shaxslar taqdiri orqali ochib berilgan. As: singan qilich, T., 1980.