Qo’yxona
Qo’yxona — qo’ylar asraladigan va boqiladigan xona yoki bino. Umumiy va maxsus Qo’yxonalar bo’ladi. Umumiy Qo’yxona turli jins va yoshdagi, maxsus Qo’yxona esa bir jins va yoshdagi qo’ylarni boqish uchun mo’ljallanadi. Umumiy Qo’yxona 300— 500 boshdan ortiq qo’ylarga mo’ljallab quriladi va sovliqlar, qo’zilar, qo’chqorlar uchun alohida bo’limlari bo’ladi. Maxsus Qo’yxona 800-1000 bosh yoki 1000-1200 bosh qo’zi yoki axtaga mo’ljallanadi. Qo’yxona to’g’ri burchakli, «g» va «P» shaklida quriladi. «P» shaklidagisi keng tarqalgan. Qo’yxona bir necha bo’limga bo’linadi. Qo’yxonaning qishki qo’zilashga mo’ljallangan, yangi tug’ilgan qo’zilari bilan sovliqlarni boqishga ajratilgan bo’limlari isitiladi (issiqxona) va bu issiqxonalarda nasldor qo’ylar uchun alohida qo’zilatish bo’limlari va profilaktoriylar tashkil qilinadi. Katta Qo’yxonalarda ventilyatsiya qurilmasi o’rnatiladi. Qo’ylarni sug’orish, ozuqalarni tarqatish va go’ng yig’ishtirish mexanizatsiyalashtiriladi. Ba’zi iqlimi yumshoqjan. Mintaqalarda Qo’yxonalarning 3 tomoni o’raladi, tomi bostirma qilib yopiladi.