Qo’zi, qo’zichoq

Qo’zi, qo’zichoq — qo’yning 4-5 oylik bolasi. Qo’zilar jinsidan qat’i nazar ona qo’ylar bilan birga asraladi (boqiladi). Shu sababli ular emizikli (shirvoz ya’ni sut bilan boqiladigan) qo’zilar deb ataladi. Qo’zilatish mavsumida Qo’zi o’sishini to’g’ri yo’naltirish va ular sonini to’la saqlab qolish maqsadida, yoshiga va rivojlanishiga qarab, kichik, o’rta va katta saqmonlar (mini suruv)ga ajratiladi va yordamchi saqmonchilar (cho’ponlar) yordamida qo’zilar emizib turiladi. Qo’zilar 4-5 oylik bo’lgach onalaridan ajratiladi va alohida erkak va urg’ochi qo’zilar guruhi (suruvi)ga bo’lib boqiladi. Yangi tug’ilgan Qo’zilarning tirik vazni mayin junli qo’ylarda 3,8—4,2; dumbali qo’ylarda 4,5—5,5; Qorako’l qo’ylarida 3,8—4,5 kilogrammga to’g’ri keladi, 4-5 oyligida tirik vazni 35— 40 kilogrammga boradi. Qo’zi go’shti arzon va parhez oziq-ovqat mahsuloti, terisi va juni yengil sanoat uchun qimmatbaho xom ashyo.