Qo’ziboy

Qo’ziboy — kechpishar mahalliy tarvuz navi. O’zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida mahalliy navlardan yakka tanlash usuli bilan yaratilgan (A.G.Nikulina). Mevasi cho’ziq-sharsimon, yuzasi silliq, po’sti qoramtir-yashil, qalin (2,5—3,5 santimetr), noaniq chiziqlari bor, og’irligi 8-18 kilogramm. Eti pushti rangda, o’rtacha tolali, sersuv, shirin. Tarkibida qand miqdori 8-9%. Urug’i yirik (1,6 santimetr). Niholi unib chiqqanidan keyin birinchi hosili 96-110 kunda pishadi. Hosildorligi 400-500 ts/ga. Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida ekish uchun rayonlashtirilgan.