Qozog’iston arxarmerinosi

Qozog’iston arxarmerinosi — go’sht-jun yo’nalishidagi mayin junli qo’y zoti. 1930-50 yillarda Qozog’istonda turlararo duragaylash usuli bilan chiqarilgan. Novokavkaz zotli urg’ochi merinosni ovlab o’ldirilgan yovvoyi arxar qo’chqori urug’i bilan urug’lantirib olingan birinchi chatishma avlodni prekos va rambule qo’y zotlari bilan u arxar va mayin jug’shi qo’y zoti qoniga ega bo’lgan 3-chatishma avlod olinguncha chatishtirilgan. 3-chatishma avlodni zot ichida urchitib ko’paytirildi. Chatishtirish yil bo’yi yaylovda boqish, maqsadli tanlash va saralash asosida olib borildi. Ushbu zot gavdasi yirik, suyaklari mustahkam. Qo’chqorlari 90— 115 (150) kilogrammgacha, sovliqlari 55— 65 (90) kilogrammgacha. Juni, asosan, 60 raqamli sifatga ega, uzunligi 8-9 santimetr. Qo’chqorlaridan 7-8 (10 kilogramm), urg’ochilaridan 3,2—3,5 (6 kilogrammgacha) kilogramm jun olinadi. Serpushtligi 110-120%. Qozog’iston arxarmerinosi tez yetiladigan zot, tog’oldi yaylovlari sharoitlariga yaxshi moslashgan. Qozog’istonning Olmaota, Sharqiy Qozog’iston va Pavlodar viloyatlarida urchitib ko’paytiriladi.