Qubba
Qubba — yarim shar shaklidagi ichi bo’sh qism: 1) me’morlikda tom turi; gumbaz ustiga ishlangan g’o’lasimon bezak ham Qubba deb ataladi; 2) amaliy san’atda naqsh bo’lagi, bezak. Gilamchilik, kashtachilik, kandakorlik, zargarlik, zardo’zlik va boshqalarda keng tarqalgan. Masalan, qumg’on, oftoba kabi idishlarning qopqog’i ichi bo’sh qilib qavartirib Qubba hosil qilib yasaladi; shuningdek, idishlar qorniga Qubba yopishtirib jozibador bezatiladi va hokazolar.