Qum

Qum – kattaligi 0,01 mm dan 2 mm gacha bo`lgan qirrali yoki yumaloq (silliqlangan) zarra toshlardan iborat bo`shoq cho`kindi tog` jinsi. Qumlar zarralarining katta-kichikligiga qarab, 1) donalari 1-2 mm bo`lgan dag`al qum; 2) donalari 0,5-1 mm bo`lgan yirik qum; 3) donalari 0,25-5 mm li o`rta donali qum va 4) zarralari 0,01 -0,25 mm bo`lgan mayda qumlarga bo`linadi. Qum hosil bo`lishiga qarab yana dengiz, daryo, ko`l, cho`l, muzlik qumlariga bo`linadi. Qum tarkibida minerallardan kvars ko`p bo`ladi, undan tashqari tog` shpati, gilli slanets va boshqa minerallarning zarralari uchraydi. Qumlardan qurilish materiali, sanoat xom ashyosi sifatida foydalaniladi. Qum tarkibida ba’zan qimmatbaho rudalarning sochilmalari uchraydi. Qum – cho’kindi tog` jinsi; bir- biri bilan birlashmagan mayda (0,1-1 mm atrofidagi) zarrachalardan iborat.