Qumloq

Qumloq — yumshoq (havol) cho’kindi tog’ jinsi; tarkibi 10-20% fizik loy (0,01 mm dan kichik zarrachalar) va 80— 90% fizik qum (0,01 mm dan yirik zarrachalar)dan iborat. Fizik loy miqdori kam bo’lgani uchun Qumloqlarning singdirish, gigroskopiklik xususiyatlari va nam sig’imi unchalik yuqori emas. Lekin suv Qumloqlarga juda yuqori tezlikda shimiladi va tez sizib o’tadi (filtrasiyalanadi). Qumloqi tuproqdarga ishlov berish va ulardagi zararli tuzlarni yuvish oson, sug’orilgandan so’ng tez yetiladi, ortiqcha zichlashmaydi, qotmaydi va boshqalar. Qumloqlar qo’pincha cho’l tuproqlari orasida qumli va taqirli tuproqlar bilan bir kompleksda, shuningdek, Daryo oqiziqlarida rivojlangan o’tloqi tuproqlardan iborat dalalarning bosh qismida ko’p uchraydi.