Qumtog’ zilzilasi
Qumtog’ zilzilasi – 1983 yil 14 mart kuni Ashxobod vaqti bilan soat 17 dan 13 minut o’tganda Xuroson tog’i etaklarida joylashgan qumtog’ qishlog’idan o’tgan chuqurlikdagi yer yoriqlaridan birida yuz bergan. Tektonik kuchlanishlarning keskin o’sib borishi sababli yer osti tog’jinslari ana shu yoriqlar bo’yida bir-biriga nisbatan siljib, zilzila o’chog’ini paydo qilgan. Bu o’choq 7-8 kilometr chuqurlikda joylashgan, uni Ashxobod va Bolxonobod seysmik stansiyalari qayd qilgan. Zilzilaning kuchi 8 ball bo’lib, magnitudasi 5,6 ga teng bo’lgan. Natijada 2-3 metrli yoriklar paydo bo’lgan, ulardan bir nechtasi qishloqdagi imoratlardan o’tib, ularni vayron qilgan. Ba’zi joylarda yoriqlar 20-30 santimetrga siljigan. Zilzila natijasida 65 ming km2 maydon zarar ko’rgan.