Qunduzsimon yerqazar

Qunduzsimon yerqazar — hasharotxo’r sut emizuvchilar turkumiga mansub hayvon. G’arbiy Afrikada tarqalgan. Gavdasining uzunligi 0,3 metr (dumidan tashqari). Mo’ynasi jigarrang, qorin tomoni oq. Og’zida 40 ta tishi bor. Burun teshigi klapan bilan yopiladi. Suvda hayot kechiradi, lekin panjalarida suzgich parda yo’q. Asosan, baliqlar bilan oziqlanadi.