Qurbaqalar

Qurbaqalar – dumsiz suvda va quruqlikda yashovchiyaar oilasi. Uzunligi 2-25 santimetr. Ko’pchilik Q.ning tishlari qisman yoki butunlay reduktsiyaga uchragan. Tanasi keng, oyoklari baqalarga nisbatan kalta. 21 urug’i 300 dan ortiq turi bor. Antarktidadan tashqari barcha qit’alarda tarqalgan. Ular orasida tropik Afrikada tarqalgan tirik tug’uvchi Qurbaqalar eng sodda tuzilgan. Ko’pchilik (200 ga yaqin) turlari asl Qurbaqalar uru-g’iga kiradi. Asl Qurbaqalarning ko’z qorachig’i vertikal joylashgan; orqa oyog’i barmoqlarida suzgich pardalar qoldig’i bor; ko’zidan keyinroqda yirik quloqoldi, tanasining orqa tomoni bo’ylab mayda zahar bezlari joylashgan. Yevrosiyoning o’rmon va dasht mintaqasida uzunligi 20 santimetr keladigan oddiy, ya’ni kulrang Qurbaqalar, cho’l, dasht, o’rmon va tog’larida (4800 metrgacha balandlikda) ko’k Qurbaqalar keng tarqalgan. O’zbekiston faunasida faqat ko’k Qurbaqalar (uzunligi 14 santimetrgacha) uchraydi. Aksariyat Qurbaqalar — quruqlik hayvonlari, baqalarga nisbatan kuchsiz sakraydi va yomon suzadi; sekin qadamlab harakat qiladi. Oqshomlari faol hayot kechiradi. Turli xil hasharotlar va boshqa umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Quruqlikda qishlaydi. Ko’pchiligi suvga, ayrim turlari quruqlikka 1200 dan 7000 gacha tuxum qo’yadi. Qurbaqalar bog’ va poliz ekinlariga ziyon keltiradigan hasharotlarni qirib foyda keltiradi. Janubiy Amerikaning mahalliy aholisi aga Qurbaqalarsi zaharini o’q yoylarga surishgan. Qurbaqalarning 6 turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi qizil kitobiga kiritilgan.