Qurtuba xalifaligi
Qurtuba xalifaligi – o’rta asrlarda Pireney yarim orolidagi musulmon davlati. Poytaxti — Qurtuba shahri. 929 yil Qurtuba amirligi (756 yil umaviylardan Abdurrahmon I asos solgan) o’rniga tuzilgan. 10-asrda ancha taraqqiy etgan. 1031 yil mayda amirliklarga bo’linib ketgan.