Qutbiddin Muhitdinov (1906-1983) kim bo’lganini bilasizmi?
Qutbiddin Muhitdinov (1906.19.11 — Samarqand viloyati Urgut tumani — 1983.17.12) — matnshunos, manbashunos, lug‘atshunos olim. Filologiya fanlari nomzodi (1972).
1956—61 yillarda Tojikiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida, 1961—1982 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot hamda Sharqshunoslik institutlarida katta ilmiy xodim bo‘lib ishlagan.
Qutb, S. Saroyi, Xo‘jandiy asarlarining zamonaviy imloda nashr etilishiga, Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘atini tuzish, izohlash va undagi arabcha, forscha so‘zlarni, murakkab baytlarni sharhlashga katta hissa qo‘shgan. Mahdiyxonning turkiycha-forscha «Sangloh» lug‘ati ustida ish olib borgan.
O‘xshash so‘zlar
- Qutbiddin
- Qutbiddin Oyboq
- Qutbiddin Muhammad
- Qutlibeka Rahimboyeva (1952) kim bo’lganini bilasizmi?
- Rafiq Mo‘min (1900-1951) kim bo’lganini bilasizmi?
- Rahmat Fayziy (1918-1988) kim bo’lganini bilasizmi?
- Ramz Bobojon (1921-2008) kim bo’lganini bilasizmi?
- Rauf Parfi (1943-2005) kim bo’lganini bilasizmi?


