Qutbiy doira

Qutbiy doira, qutb doirasi — Yer sharida ekvatordan 66°33′ shimol va Janubdan o’tgan parallel. Shimoliy yarim shardan o’tgan Qutbiy doira Shimoliy Qutbiy doira, Janubiy yarim shardagi Qutbiy doira esa Janubiy Qutbiy doira deyiladi. Shimoliy yarim sharda qishki Quyosh turishi kuni (21 yoki 22 dekabr)da Qutbiy doiradan shimolda Quyosh chiqmaydi, yozgi Quyosh turishi kuni (21 yoki 22 iyun) Quyosh botmaydi. Janubiy yarim sharda esa aksincha bo’ladi. Quyosh botmaydigan yoki chiqmaydigan qunlar soni qutbga tomon orta boradi va qutbda qun bilan tun yarim yildan davom etadi. Nur refraktsiyasi hodisasi natijasida qutb kuni qutb tuni hisobiga ko’proq davom etadi va Quyosh botmaydigan kunlar soni ko’proq bo’ladi. Qutbiy doira sovuq iqlim mintaqalari chegarasi hisoblanadi.