Qutlug’ Turkon og’o

Qutlug’ Turkon og’o (1331 1383) — Amir Telgurning opasi. Amir Dovudbek Dug’latning xotini. Sohibqiron 1360- yillarning boshlarida g’animlari ta’qibi tufayli Samarqandga kelib Qutlug’ Turkon og’o uyida 48 kun turgan. 1375 yil Sohibqiron O’zganda Dilshod og’oga uylangan chog’da Qutlug’ Turkon og’o no’yonlar va amirlar bilan to’yga etib kelgan. Nizomiddin Shomiyning yozishicha, 1383 yil Dilshod og’o vafotidan bir necha kun o’tgach, «o’zining xayrli ishlari, in’omu ehsoni bilan zamonasi xotinlaridan O’zgan, o’z xolis mollaridan madrasalar, xonaqohlar qurdirgan, har nav ezguliklari bilan jahon xalqiga foyda etkazgan ulug’xotun — Amir Sohibqironning opasi» Qutlug’ Turkon og’o vafot etgan. Sohibqiron bundan qattiq iztirobga tushgan. Bir necha muddat mamlakat va davlat ishlari bilan shug’ullanmay qo’ygan. Qutlug’ Turkon og’o nihoyatda dono va zakovatli ayol bo’lgan. Amir Temur barpo etgan ko’p binolar uning maslahati bilan ishlangan. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, «uning qabrini… Qusam ibn Abbosning mazoriga yaqin qazdilar va qo’ydilar».