Quturg’urlar

Quturg’urlar — qadimgi Turkiy qabilalardan biri. Bulg’or qabilalari guruhiga kirgan. Quturg’urlar nomi 5-asr oxiri — 6-asr boshlarida manbalarda ilk bor uchraydi. Bu davrda ular Dnepr va don daryolarining quyi oqimlari atrofida ko’chib yurgan. Vizantiya imperiyasi hududlariga tinimsiz hujum uyushtirgan. 558 yil Quturg’urlar hukmdori Zabergan hagto konstanti- nopolga yurish qilgan. Vizantiya ularga qarshi Azov dengizi atrofida ko’chib yurgan boshqa bulg’or qabilasi — uturgurlarni gijgijlagan va natijada ular o’rtasida kurash uzoq davom etib o’zaro qirilib ketishga olib kelgan. 560 yil Quturg’urlar avarlar tomonidan bo’ysundirilgan va keyinchalik ular Sharqiy, Markaziy va Janubiy-Sharqiy Yevropa qabila va xalqlari tarkibiga singib ketgan. Ad.:Artamonov M.I., Istoriya xazar. L., 1962.