Quvasoy

Quvasoy — Farg’ona viloyatidagi shahar. Farg’ona shahrining Janubi-sharqida (22 kilometr). Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 71,5 ming kishi (2005). Quvasoyda kichik korxona, mikrofirma va boshqa turdagi korxonalar faoliyat yuritmoqda. Quvasoy tsement korxonasi, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish kombinati, shisha, idish, g’isht, chinni, temir-beton, uy-ro’zg’or kimyosi zavodlari, avtokorxona, qurilish korxonalari ishlab turibdi. 4 qo’shma korxona faoliyat ko’rsatadi. Umumiy ta’lim maktablari, kutubxonalar, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bog’i bor. Markaziy kasalxona, poliklinika, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar mavjud. Quvasoydan Farg’onaga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.