Quyonsuyak
Quyonsuyak — dukkakdoshlar oilasiga mansub buta yoki daraxt. Qozog’iston, O’rta Osiyoda, G’arbiy Sibirning Janubi-g’arbida va Xitoyda tarqalgan. O’zbekistonda Qizilqum cho’lida, Buxoro viloyatida, Qoraqalpog’istonning qumli yerlarida o’sadi. Ildizi o’qildiz. Bo’yi 0,5—3 metr. Daraxtining bo’yi 8 metrga yetadi. Novdalari ingichka, osilib turadi. Barglari yaltiroq-kumushrang, mayin, uzunligi 2 — 3 santimetr. Gullari havorang, xushbo’y, shingillarga yig’ilgan. mevasi 2-3 dukkak. Yog’ochidan har xil buyumlar tayyorlanadi, ildizidan bo’yoq olinadi va ko’chma qumlarni mustahkamlash maqsadida ekiladi. O’tin sifatida foydalaniladi. Ildizidan ko’payadi. 25-30 yil yashaydi.