Quyosh radiatsiyasi

Quyosh radiatsiyasi – Quyoshning elektromagnit va korpuskulyar (zarra) nurlanishi. Quyosh radiatsiyasi Yerdagi deyarli barcha jarayonlarning energiya manbai hisoblanadi. Korpuskulyar Quyosh radiatsiyasi asosan protonlardan iborat bo’lib, yer yaqinidagi tezligi 300-1500 km/sekund o’rtacha kontsentrasiyasi 5-80 ion/sm2. Quyosh faolligi maksimum, bo’lganda va katta chaqnashlardan keyin yer yaqinidagi protonlar kontsentrasiyasi 103 ion/sm2 gacha yetadi. Quyosh chaqnashlari paytida katta energiyali (7-103 ev) zarrachalar (asosan, protonlar) paydo bo’ladi. Yerga tushayotgan umumiy kosmik nurlar chaqnashini Quyosh radiatsiyasi ko’rinishida ifodalaydi. Quyosh elektromagnit nurlanishining asosiy qismi spektrning ko’zga ko’rinadigan nurlari qismiga to’g’ri keladi. Quyosh to’la nur energiyasining yer atmosferasidan tashqarida (Quyoshdan 1 astronomik birlik uzoqlikda)gi Quyosh nurlariga tik bo’lgan 1 sm2 yuzada 1 minutda tushadigan miqdoriga quyosh doimiysi deyiladi. Quyosh doimiysi Quyoshning u.mumiy energiyasini hisoblash, tadqiq etish, uning yerga ta’sirini o’rganish maqsadida maxsus aktinometrik stansiyalarda o’lchab boriladi. Quyosh doimiysining hozirgi paytdagi qiymati 1,95 kal/ (sm2/min) yoki 136-106 erg/(sm2/sekund). Quyosh faolligi maksimumga yetganda Quyosh nurlanishi bir oz ortadi, lekin bu miqdor umumiy nurlanishning 1% dan ortmaydi. Quyoshning radionurlanishlari yer atmosferasidan to’liq o’tmaydi, chunki atmosfera radiodiapazonning bir necha millimetrdan bir necha metrgacha qismi uchungina shaffofdir. Radionurlanishlar Quyoshning faolligi bilan bog’liq. Quyosh radionurlanishlari juda ham kuchsiz bo’lib, F=10~22 Vt/(m2 sekts) birlikda o’lchanadi. Quyoshning qisqa to’lqinli nurlanishlari yer atmosferasida to’la yutilib qoladi. Bu nurlanishlarga oid ma’lumotlar asosan, geofizik raketalar, yer sun’iy yo’ldoshlari va kosmik zondlar yordamida olinadi. Quyoshning rentgen nurlanishlari (to’lqin uzunligi \A dan 100 A gacha) tutash va ayrim chiziqlarning nurlanishidir. Bu nurlanishlarning intensivligi quyosh faolligiga mos ravishda kuchli o’zgaradi (yer orbitasida 0,13—1erg/sm2-sekund) va faollik Maksimumga yetganda rentgen nurlanishlari spektrning qisqa to’lqinlarida kuchayadi. Quyoshning rentgen va ultrabinafsha nurlari juda oz (15 erg/sm2sek) energiya olib kelsada, bu nurlanishlar yer atmosferasining yuqori qatlamlariga kuchli ta’sir qiladi. Quyoshda gamma nurlanishlari ham topilgan, lekin u yetarlicha o’rganilmagan.