Quyosh shamoli

Quyosh shamoli — Quyosh plazmasining sayyoralararo fazoga uzluksiz radial oqib chiqishi. Aslida Quyosh shamoli Quyosh tojinint tashqi qatlamlaridan yuqori energiyali zarra (proton, elektron)lar sochilib turishidir. Quyosh shamoli terminini birinchi bo’lib amerikalik fizik E.Parker kiritgan (1958). Quyosh tojining doimo 1,5—2 million K gacha qizishi nurlanish orqali sarflanayotgan energiya bilan muvozanatda bo’lmaydi. Qoldiq energiyani Quyosh shamoli olib ketadi. Quyosh shamoli plazmasi quyosh tojidagi singari asosan proton, elektron va geliy atomlari yadrolaridan iborat. Zarralar zichligi 1m3 da taxminan 6 millionga yetadi va ularning o’rtacha tezligi 400 km/sekund. Quyosh shamoli moddasi Quyosh magnit maydonlarini o’zi bilan olib ketadi. Quyosh shamoli fazoda yer magnit maydonini cheklaydi va Yer orbitasi yaqinidagi orbitada =5 10-5 erstedni tashkil etadi. Quyosh shamoliga o’xshash moddalarning oqib chiqishi ba’zi yulduzlarda ham kuzatiladi.