«Ra»
«Ra» (qadimgi misrliklarning quyosh xudosi nomidan) — papirusdan yasalgan qayiq. Qadimgi misrliklar kemasi nusxasiga ko’ra qurilgan (uzunligi 12 metr, kengligi 5 metr). «Ra»da T. Xeyerdal 7 kishidan iborat baynalmilal ekipaj bilan birga qadimgi misrliklarni Amerikaga suzib borishlari mumkinligini isbotlash maqsadida ekspeditsiya uyushtirgan. 1-urinish (1969) muvaffaqiyatsiz tugagan. 1970 yil «Ra — 2» safi (Marokash)dan chiqib, 55 sutkada Barbados orolga yetib borgan. «Ra» ekipaji tarkibida Yu. A. Senkevich (SSSR) ham bo’lgan.
O‘xshash so‘zlar
- «Ramayana»
- «Ravshan»
- «Rohat»
- «Rustamxon»
- {:uz}Rahmatullayeva Hanifa{:}
- {:uz}Rahmatullayeva Muharram Faxriddinovna{:}
- {:uz}Rahmonova Bo’ston{:}
- {:uz}Rahmonova Dilorom Buxarovna{:}

