Radioreleli aloqa

Radioreleli aloqa (radio… va rele) — qabul qilishuzatish radiostantsiyalari zanjiridan iborat avtomatik radioaloqa. Bir punktdan qabul qilingan signallar oraliq stansiyada kuchaytirilib, ikkinchisiga uzatiladi. Styalar bir-biridan 40-60 kilometr masofada quriladi. Radioreleli aloqada ultraqisqa to’lqinlardan foydalaniladi. Radioreleli aloqa liniyalari katta sig’imli (magistral), o’rtacha sig’imli (zonali), kam kanalli (temir yo’l transporti, gaz quvurlari, neft quvurlari va boshqalarda qo’llaniladigan) liniyalarga bo’linadi. Har bir liniya imkoniyatini oshirish uchun bir necha (6 ta5 gacha) yuqori chastotali tarmoqlar qo’llaniladi. Tarmoqlar mustaqil ishlaydi, lekin hammasi umumiy antennadan foydalanadi. Har qaysi tarmoqdan bir vaqtda 600-1000 telefonda gaplashish yoki 1 ta sifatli teledastur uzatish mumkin. Radioreleli aloqada yo’naltirilgan kuchli antennalardan foydalaniladi. Birinchi 5 ta telefon kanaliga mo’ljallangan Radioreleli aloqa liniyasi 1935 yil AQSh da Nyu-York bilan Filadelfiya orasida qurilgan. Radioreleli aloqa shaharlararo telefon va telegraf aloqasi o’rnatish, radio va televidenie dasturlarini uzoq masofalarga uzatish, teleboshqarish hamda teleo’lchash signallarini uzatish maqsadlarida, harbiy ishda qo’llaniladi.