Radiy nima?

Radiy — radioaktiv element. Endi, «radioaktivlik»ning o’zini ko’rib chiqaylik-chi. Barcha kimyoviy elementlar atomdan tashkil topgan. Atomlarning ko’pchiligi barqaror holatda bo’ladi, ya’ni ular o’zgarmaydi. Lekin ayrim og’ir metallar parchalanadi va boshqa atomlarga aylanadi. Bunday parchalanish «radioaktivlik» deb ataladi. Har bir radioaktiv element parchalanish paytida qandaydir chastotalarda o’zidan nur chiqaradi. Bu chastotani hech bir yo’l bilan tezlashtirib, yoki sekinlashtirib bo’lmaydi. Ayrim elementlar tez, boshqalari sekin parchalanadi, hech bir istalgan holatda ham bu hodisa insonga bo’ysunmaydi. Radiy parchalanish jarayonida, oxir-oqibatda, qo’rg’oshinga aylanadi. Masalan, yarim gramm radiy 1590 yil mobaynidagina biroz kichikroq atom og’irligiga ega bo’lgan ma’danning atomiga aylanishi mumkin. Yana 1590 yildan keyin radiy qolgan qismining evrilishi davom etib, butun radiy, oqibatda qo’rg’oshinga aylanmaguniga qadar bu jarayon to’xtamaydi. Radiy er-xotin Kyurilar tomonidan kashf qilingan. Ular bir tonna uranit, ya’ni uran moddali rudani parchalab tozaladilar. Uran o’zidan ko’zga ko’rinmas nur chiqarishi ma’lum edi, lekin ular bunda boshqa, yanada kuchliroq element mavjud bo’lsa kerak, deb o’ylar edilar. Dastavval ular poloniyni, yana bir radioaktiv elementni, va nihoyat, radiyni kashf etishdi. Radiy o’zidan — alfa, beta, gamman-nur kabi uch xil nur ajratadi. Alfa-nurlanish — katta tezlikka ega bo’lgan geliy zarralaridir. Betanurlanish — tezkor elektronlardir. Gamma-nurlanish esa rentgen nurlariga o’xshaydi, lekin undan kuchliroq sizib o’tuvchan kuchga egadir. Bu nurlardan birontasining nurlanishi natijasida bu nurlarning manbai bo’lgan atomlar boshqa elementga aylanadi. Bunday o’zgarish «atomning evrilishi» deb ataladi. Nega radioaktivlik inson uchun xavfli? Uchib borayotgan parchalangan atom zarrachalarini ko’z oldingizga keltiring-chi. Bu zarrachalar boshqa atomlar bilan to’qnashgan paytda ularni kimyoviy tavsifini o’zgartirgan holda parchalanishga majbur hiladi. Bu zarrachalar organizmning tirik to’qimalariga tushganida ular to’qimalarning ham o’zgarishiga sabab bo’ladi! Ular teri qoplamasini kuydirishi va yo’q qilishi, qizil qon tanachalarini yakson etishi, shuningdek boshqa to’qimalarda ham o’zgarishlarga mubtalo qilishi mumkin. Shunday ekan, radioaktivlik insonga foydali ham, xavf-xatarli ham bo’lishi mumkin.