Radom
Radom — Polshaning Markaziy qismidagi shahar. Radom voevodasining ma’muriy markazi. Aholisi 232,3 ming kishi (1999). Transport yo’llari tuguni. Mashinasozlik (tikuv mashinalari, telefon apparatlari ishlab chiqarish), kimyo, ko’n- poyabzal, oyna-shisha, oziq-ovqat (tamaki, go’sht) sanoati korxonalari bor. Radom Polshaning qad. shaharlaridan. Qo’lyozmalarda 12-asrdan tilga olingan. 1505 yilda Radomda Radom Konstitutsiyasi qabul qilingan. 14-16-asrlarda Polsha Majlisining qarorgohi bo’lgan. 14-18- asrlarda qurilgan me’moriy yodgorliklari saqlangan.
O‘xshash so‘zlar
- Radon
- Radun Iosif Veniaminovich
- Radxakrishnan Sarvapalli
- Rafael
- Rafinatsiyalash
- Rafiq Mo’min
- Rafiqov Afzal Azimovich
- Rafiqov Muhammad Muhiddinovich











