Rahimov Abduqahhor

Rahimov Abduqahhor, Qahhor baxshi (1955, Dehqonobod tumani, Xo’jamahmud qishlog’i) — O’zbekiston xalq baxshisi (2001). Jarangdor ovoz sohibi. Dehqonobod tumani umumta’lim maktabi o’qituvchi (1980 yildan). Dostonchilik sirlarini otasi qodir baxshi Rahimovdan o’rgangan. Repertuaridan 20 ga yaqin Doston («Alpomish», «Yodgor», «Go’ro’g’li», «Avazxon», «Malikai ayyor», «Malla savdogar» va boshqalar), o’zi ijod qilgan turli mavzudagi termalar o’rin olgan. Rahimov ko’pgina do’mbira kuylarini ham mahorat bilan ijro qiladi. «Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligiga bag’ishlangan xalqaro baxshishoir va oqinlar festivalining 1-o’rin sovrindori (Termiz, 1999). 1997 yilda AQShda gastrodda bo’lgan.