Rahmatullo Yusuf o’g’li

Rahmatullo Yusuf o’g’li (1917.10.3, Samarqand viloyati Nurota tumani — 1987) — xalq dostonchisi. Qurg’on dostonchilik maktabi vakili. Ergash Jumanbulbul o’ti va Po’lkan Muhammadqul Jomurod o’g’lining shogirdi. Undan «Tohir va Zuxra», «Sumanbar», «Zevarxon», «Varqa va Gulshoh», «Rustamxon», «Alpomish» va boshqalar. 20 dan ortiq dostonlar, termalar, o’zi ijod etgan she’rlar yozib olingan, ba’zilarini o’zi xatga tushirgan. Ular O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti folklor arxivida saqlanadi. Dostonlari «O’zbek xalq ijodi» turkumida nashr etilgan (1974).