Ramzay (Ramsay) Uilyam

Ramzay (Ramsay) Uilyam (1852.2.10, Glazgo — 1916.23.7, Xau-Uikom) — ingliz kimyogari va fizigi. London Qirollik jamiyati a’zosi (1988). Bristol (1880-87) va London universiteti professor (1887-1913). Ilmiy ishlari fizik, anorganik va organik kimyoga oid. Suyuqliklarning molekulyar moddani ularning sirt tarangligiga ko’ra aniqlash usulini (1883) taklif qilgan. J.U.Rele bilan hamkorlikda argonni kashf etgan (1894). U. Kruks bilan hamkorlikda yerda geliy mavjudligini isbotlagan (1895). M.U.Travers bilan hamkorlikda neon, kripton va ksenonni kashf qilgan (1898). F. Soddi bilan hamkorlikda radioaktiv elementlarning o’z-o’zidan yemirilishi va boshqa elementlarning izotoplariga aylanishini amalda aniqlagan (1903). Ilk bor turli metallarga azarracha ta’sir ettirib, ularni sun’iy ravishda boshqa elementlarga aylantirishga urinib ko’rgan. Mikrotorozi ixtiro qilgan (1910). D.I.Mendeleyevga bog’liq bo’lmagan holda ko’mirni yer ostida gazga ailantirish g’oyasini olg’a surgan (1912). London kimyo jamiyati prezidenti (1907-09). Nobel mukofoti laureati (1904).